«agneshka pikulitska-vilchevska» tegli maqolalar


TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi
2 iyun 2021, 10:55

TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi

TIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi holatlari qayd etilganligi» sababli uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

TIV polshalik jurnalistdan uzr so‘radi
3 fevral 2021, 10:28

TIV polshalik jurnalistdan uzr so‘radi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskadan uzr so‘radi. Vazirlik shilqimlikda ayblangan xodim ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jurnalistning akkreditatsiyasini rasmiylashtirish 3 fevral kuni yakunlanadi, deyiladi TIV bayonotida.

«Rustam kimligini hech kim bilmaydi». Polshalik jurnalist TIV bilan uchrashuv haqida
2 fevral 2021, 15:43

«Rustam kimligini hech kim bilmaydi». Polshalik jurnalist TIV bilan uchrashuv haqida

O‘zbekiston TIV xodimi tomonidan unga shilqimlik qilinganini aytgan polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska vazirlik bilan uchrashganligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, TIV holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazolmaydi, chunki Rustam kimligini hech kim bilmaydi. Jurnalist uni TIVda bir necha marotaba ko‘rganligini aytmoqda. Senat raisi Tanzila Narbayeva holatga munosabat bildirib, hodisa puxta o‘rganilib, aybdorlar jazolanishini ta’kidladi. «Ammo bu respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarga soya solmasligi lozim», — dedi Narbayeva.

TIV xalqaro jurnalistga akkreditatsiya bermadi. Jurnalist TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini aytmoqda
1 fevral 2021, 19:52

TIV xalqaro jurnalistga akkreditatsiya bermadi. Jurnalist TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini aytmoqda

Guardian, Al Jazeera, The Diplomat xalqaro nashrlari uchun yozadigan mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi unga akkreditatsiya bermaganligini ma’lum qildi. Akkreditatsiya bo‘yicha javob qonun bo‘yicha 2 oyda emas, 6 oyda berilgan. Jurnalist TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini, ijobiy maqolalar yozishini so‘raganligini aytmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting